“Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi oʻrtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarorida Koreya Eksim bankining “EDCF” fondi mablagʻlari hisobiga “Professional taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish belgilangan.
Mazkur loyihaning texnik-iqtisodiy shartnomasini ishlab chiqish boʻyicha Koreya tomonidan oʻtkazilgan tenderda gʻolib boʻlgan “Tech University of Korea” konsorsiumi vakillaridan iborat missiya vakillari viloyatimizdagi kasb-hunar maktablari faoliyati bilan tanishish maqsadida Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurishdi.
Mehmonlar Boyovut tuman 2-son kasb-hunar maktabi va Sirdaryo tuman kasb-hunar maktabi faoliyati bilan tanishishdi. Shuningdek, oʻzaro hamkorlik doirasida kelgusida oʻqituvchilarning malaka oshirishi va oʻquvchilarning ushbu soha boʻyicha yetarli bilim olishlari borasida amalga oshiriladigan ishlar rejalashtirildi.