Joriy yilning 7-fevral kuni Sayhunobod tuman 1-son kasb-hunar maktabida viloyat professional ta‘lim muassasalari o‘rtasida “Tikuvchilik” kasbi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 7-fevral kuni Sayhunobod tuman 1-son kasb-hunar maktabida viloyat professional ta‘lim muassasalari o‘rtasida “Tikuvchilik” kasbi bo‘yicha musobaqa  bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa topshiriqlari bir nechta ketma-ket bajariladigan modullarni o‘z ichiga olgan holda tashkil etildi. Har bir to’ldirilgan modul Worldskills standartlari (WSSS) bo’yicha alohida baholandi. Tanlovda eng yuqori ball to‘plagan quidagi o‘quvchilarga estalik sovg‘alari hamda diplomlar bilan taqdirlandi.

1-oʻrin Oqoltin tuman kasb-hunar maktabi oʻquvchisi Sh.Sodiqova

2-oʻrin Xovos tuman 1-son kasb-hunar maktabi oʻquvchisi M.Qurbonova

3-oʻrin Sayhunobod tuman 2-son kasb-hunar maktabi oʻquvchisi M.Narzullayeva

Eng yaxshi dizaynerlik ishi nominatsiyasi Sayhunobod tuman 1-son kasb-hunar maktabi o’quvchisi Bo’riboyeva Zahro Alisher qizi

Eng yaxshi bichuvchilik ishi nominatsiyasi Mirzaobod tuman kasb-hunar maktabi o’quvchisi Siddiqova Zilola Abdumalik qizi

Eng yaxshi ijodkorlik ishi nominatsiyasi Sirdaryo tuman kasb-hunar maktabi o’quvchisi Raimova Muhlisa Qudrat qizi

Eng yaxshi tikuvchilik ishi nominatsiyasi Boyovut tuman 1-son kasb-hunar maktabi o’quvchisi Muhiddinova Azizaxon Rustam qizi

Musobaqada faol ishtirok etgan o‘quvchilari ham estalik sovg‘alari hamda diplomlar bilan taqdirlandi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan