Professional ta’lim muassasalarida ta’lim sifati, pedagog kadrlarning kasbiy va ilmiy salohiyati oshirish maqsadida Oliy ta’lim muassasalari tomonidan professional ta’lim muassasalariga professor-o‘qituvchilar va doktorantlar biriktirildi.
Jumladan Sirdaryo viloyatidagi 23 ta professional ta’lim muassasalariga Respublikadagi 7 ta Oliy ta’lim muassasalarining jami 323 nafar o‘qituvchilari ulardan 222 nafari professor-o‘qituvchilar, 101 nafari doktarantlarni tashkil etadi.
Viloyatdagi 11 ta kasb-hunar maktablariga 146 nafar professor-o‘qituvchi, 60 nafar doktarantlar, 5 ta kollejlarga 34 nafar professor-o‘qituvchi, 7 ta texnikumlarga 42 nafar professor-o‘qituvchi, 41 nafar doktarantlar biriktirilgan.
Viloyat professional ta’lim muassasalari, biriktirilgan Oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik shartnomalar imzolandi.
Hamkorlik davomida Oliy ta’lim muassasalarining biriktirilgan Professor-o‘qituvchilar tomonidan
Yangi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda pedagog kadrlar uchun o‘quv seminarlar va mahorat darslarini tashkil etish;
Pedagog kadrlar uchun kasbiy standartlar asosida ta’lim dasturlarini takomillashtirishga hamda o‘quv va metodik qo‘llanmalar yaratishga ko‘maklashish;
Doktorantlar tomonidan
Ilmiy ishi doirasida biriktirilgan ta’lim muassasida ilmiy tadqiqotlar olib borish;
O‘quvchilarga kasb sirlarini o‘rganish va ilmiy izlanishlarni olib borish bo‘yicha motivatsiyalar berib borish;
Professional ta’lim muassasalarining imkoniyatlaridan foydalangan holda shaxsiy tajribani oshirib borish kabi ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Bundan tashqari biriktirilgan oily ta’lim muassasasi vakillari texnikumning dars jarayonlarini kuzatib, tahlil qilib boradi, uning natijalariga muvofiq texnikum o’qituvchilarida aniqlangan kamchilik va bo’shliqlarni to’ldirish, metodik yordam berish maqsadida Zoom platformasi orqali mahorat darslari, seminar-treninglar tashkil etiladi. Bundan tashqari institutda texnikum o’qituvchi va o’quvchilari uchun doimiy “Ochiq eshiklar kuni”ni o’tkazilish yo’lga qo’yilgan, hamda institut tomonidan o’quv adabiyotlari, elektron darsliklar, moddiy-texnik baza bilan ta’minlanishida ko’maklashib kelmoqda.