Maqsad – inson amaliy faoliyatining avvaldan fikran oʻylangan natijasi. Maqsad insonlarga xos boʻlib, uni kelajakning loyihasi, deb taʼriflash mumkin. Ehtiyoj, manfaat, motiv individ yoki ijtimoiy guruh xulq-atvori, faoliyatining muhim tarkibiy qismlari boʻlsa, maqsad faoliyat yoʻnalishini belgilovchi elementdir. Maqsadning shakllanishiga subʼyektning ehtiyoj va manfaatlari kuchli taʼsir oʻtkazadi. Maqsadning real va noreal, qisqa muddatli va uzoq muddatga moʻljallangan, asosiy va ikkinchi darajali va boshqa turlari bor. Real maqsadlar subʼyektning imkoniyatlari, atrof muhitning holati va obyektiv qonuniyatlarni hisobga olsa, noreal maqsadlar faqatgina subʼyektning orzu-istaklarini ifodalaydi, atrofdagi vaziyatni hisobga olmaydi.
Joriy yilning 3-fevral kuni Guliston tibbiyot kollejida Sirdaryo viloyati professional ta’lim hududiy boshqarma vakillari hamda ta’lim muassasa direktorlari, o‘rinbosarlari bilan birgalikda 2023-yilda Sirdaryo viloyati Professional ta’limni rivojlantirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarni belgilab olish bo‘yicha amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi boshlig’i A.Xajimuratov so’z avvalida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy majlisga yo’llagan Murojaatnomasida 2023 yildan e’tiboran, “qo‘l boshqaruvidan – tizimli boshqaruv”ga o‘tish belgilab olinganligini aytib o’tdilar.
Qo‘l boshqaruvi o‘zi nima? Masalan: 1 kunga davomatni 95-100 % qilish mumkin, ertasi kuni yana oldinga holatda bo‘ladi. “Tizimli boshqaruv”da esa maqsadlar belgilanadi, unga erishish rejalari tayyorlanadi, barcha jamoa a’zolari aniq bir maqsad sari harakat qiladi, har bir jamoa a’zosi o‘z ishini professional bajaradi, kundalik o‘quv jarayoni ham, davomat ham joyida, yakuniy natija ham ijobiy, eng asosiysi hududda ta’lim muassasasining bebaho o‘z o‘rni bo‘ladi deya ta’kidlab o’tdilar
Ta’lim sifati indikatorlari joriy etilmagani sababli ta’lim muassasalari faoliyatini baholash va reytinglarni belgilashda muammolar mavjud.
Xorijiy ta’lim muassasalari pulni ilmdan, ilmiy tadqiqot va innovatsiyalardan topadi. Ular mablag‘ni o‘quvchilarning to‘lov shartnomasidan topmaydi, o‘quvchilarning to‘lov shartnomasidan tushadigan mablag‘ xorijiy ta’lim muassasalari byudjetining arzimagan 20 foizini tashkil etadi, xolos. Qolgan hamma pul ilmdan keladi.
Ta’lim muassasasidagi menejment, ya’ni ta’lim jarayonini boshqarishda direktor, o‘rinbosarlar, psixolog, yetakchi, guruh rahbarlari va boshqalarda professionalizmni yetishmasligi. Masalan qaysi direktor yoshlar yetakchisini o‘zini maslahatchisi etib belgilab, unga sharoit va imkoniyat yaratib bergan. Holbuki yoshlar yetakchisi o‘quvchilarga eng yaqin inson, ularni ilhomlantiruvchi shaxs.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, 2023 yilda professional ta’lim muassasalarini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari belgilanib, bu borada hududiy boshqarmaning 2023 yil 10 yanvardagi 1-sonli buyrug‘i qabul qilindi, Ishchi guruh tarkibi tuzildi, indikatorlar belgilandi, ularga erishish bo‘yicha yarim yillik, oylik va kalendar rejalar tasdiqlandi. Maqsadli ko‘rsatkichlar 88 ta banddan iborat. 2023 yilda faqat shu buyruqning ijrosini o‘rganamiz, direktor, o‘rinbosarlar va yakunda ta’lim muassasasiga yuqoridagi mezonlar asosida baho beriladi.
Belgilangan ko‘rsatkichlar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar har oy monitoring qilinadi. 1-yarim yillik yakunlari tahlil etiladi, eng yuqori natijalarga erishgan 5 nafar direktor, o‘rinbosarlar rag‘batlantiriladi, eng qoloq 5 nafar direktor, o‘rinbosarlarni intizomiy jazolash va vazifasidan ozod qilish bo‘yicha taklif beriladi.