⚡️Sirdaryo viloyati Shirin energetika kollejining «Energetika» yo‘nalishi bo’yicha maxsus fan o‘qituvchisi, kafedra mudiri Xudayqulov Xolbozor Yarmanovich tomonidan “Issiqlik va atom elektrostansiyasi” nomli o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqildi.
🧾 O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tavsiyasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan mazkur “Issiqlik va atom elektrostansiyasi” nomli o‘quv qo‘llanmani nashriyotlarda nashr etish uchun litsenziyani taqdim etildi.