Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumiga Germaniyaning “KFW” banki vakili, “Planco” jamoasi rahbari Ansgar Cordier tashrif buyurdi.

Joriy yilning 19-yanvar kuni Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumiga Germaniyaning “KFW” banki vakili, “Planco” jamoasi rahbari Ansgar Cordier tashrif buyurdi.

Texnikum direktori I.Boydavlatov tomonidan texnikum togrisida berilgan dastlabki ma’lumotlaridan so‘ng texnikumning rivojlanish strategiyasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Shundan song Ansgar Cordier ozini qiziqtirgan savollariga javob oldi.

Ta’lim muassasa bilan yaqindan tanishgan Ansgar Cordier dastlab Guliston shahrida joylashgan «Bigvoneksport» MChJ korxonasiga tashrifi uyushtirildi.

Sirdaryo viloyati qurilish bosh boshqarmasida o‘tkazilgan uchrashuvda tashkilot rahbari A.Xudoynazarov va “Yangiyertransfayz” MCHJ rahbari Q.Sulaymonov viloyatda dual ta’limga qaratilgan rejalari haqida soʻzlab berdi.

Ansgar Cordier, oʻz navbatida, amalga oshirilayotgan va rejalashtirilgan islohotlarga yuksak baho berib, har qanday tanlangan yoʻnalishni, hatto boshqa hamkorlar bilan parallel ravishda boʻlsa ham, qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini maʼlum qildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan