Tadbirda professional ta’lim muassasalarida uzoq yillar mehnat qilgan faxriy ustozlar va hozirgi kunda mehnat qilib kelayotgan fidoiy hodimlar bilan bir qatorda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari, yoshlar va ayollar daftariga kiritilgan o‘quvchilar keng qamrab olindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida 2023 yilga yurtimizda “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb nom berilishi butun professional ta’lim tizimi hodimlariga iftixor bag‘ishladi.
O‘tkazilgan tadbir yangi yil bilan xamohang ravishda kirib kelayotgan 2023 yil nomiga ulanib ketgani bilan tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.
Ushbu tadbir viloyat professional ta’lim tizimida mehnat qilib kelayotgan fidoiy ustozlarga yangi yil arafasidagi sovg‘a bo‘lishi bilan bir qatorda, ularning kayfiyatiga yanada o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.