O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-sentabrdagi “Ochiq budjet” Axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida PQ-5250-son qaroriga asosan Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumi «Tashabbusli budjet» jarayonining ikkinchi mavsumida Ishtirokchilarning berilgan ovozlariga ko’ra 250 mln so‘m mablag’ yutib olingan edi. Bugungi kunda texnikumning o’quv auditoriyalari va ustaxonasi uchun 22 turdagi jami 57 ta jixozlari xarid qilindi. Endilikda mazkur jihozlar o‘quvchi yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish uchun xizmat qiladi. Texnikum ma’muriyati yaratilgan manashunday imkoniyatlar uchun o‘z minnatdorchiligini bildirib qoladi.