Har yili 1-dekabr anʼanaviy ravishda “Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni” sifatida nishonlanadi.
OIV infeksiyasi hozirgi kunning global muammolaridan biri sanaladi. Kasallik epidemiyasi boshlangandan buyon dunyoda 75 milliondan ortiq odam ushbu infeksiya bilan xastalangan. Shudan ham koʻrinib turibdiki, OIV va OITSga qarshi butun dunyo hamjihatlikda kurashishi lozim.
Infeksiya 75 foizdan ortiq holatlarda 25-49 yoshli kishilar oʻrtasida uchramoqda. Kasallik profilaktikasi va unga qarshi kurashish tadbirlarini rejalashtirish hamda amalga oshirishda uning yuqish omillarini aniqlash muhim hisoblanadi.
Joriy yilning 1 dekabr kuni Oqoltin tuman kasb-hunar maktabida ham mazkur kun munosabati bilan tadbir bo’lib o’tdi. Tadbir davomida o’quvchilarning devory gazetalari, bukletlari namoyish qilinib OITS haqida ma’lumotlar eshittirildi.