Karving – bu kulinariyada sabzavot va poliz maxsulotlari, mevalardan turli dekoratsiyalar hosil qilish san’ati (“curving” so‘zi ingiliz tilida kesish degan ma’noni beradi). U bugungi kunda restoran stoli hamda bayram dasturxonini yasatishning o’ziga xos nozik va jimjimador usuli hisoblanadi.
Joriy yilning 16 dekabr kuni Sayhunobod tuman 2-son kasb-hunar maktabida Sirdaryo viloyati Professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Worldskills” O‘zbekiston chempionatiga tayyorgarlik ko’rish maqsadida karving sa’nati bo’yicha kasb tanlovi bo’lib o‘tdi. Tanlov ishtirokchilari pazandalik qobiliyatlarini ishga solib, turli meva va sabzavotlardan salatlar tayyorlashib, karving usulida bezatishdi. Tanlov shartlariga ko’ra 1-o’rin Sirdaryo pedagogika kollejiga, 2-o‘rin Sayhunobod tuman 2-son kasb-hunar maktabi, 3-o‘rinni Sirdaryo tuman kasb-hunar maktabi ishtirokchilari qo’lga kiritishdi. Tanlov yakunida diplom hamda barcha ishtirokchilarga estalik sovg’alar topshirildi.