Bugungi kunda muqaddas islom dinimizning insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etish, “Jaholatga qarshi – ma’rifat” tamoyili asosida unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalash yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Oqoltin tuman kasb-hunar maktabida 2022-yil 16-noyabr kuni yoshlar o‘rtasida diniy bag‘ri kenglik va millatlararo totuvlik g‘oyalarini keng targ‘ib qilish, yoshlarni dunyoviylik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, hozirgi kunda yoshlar orasida uchrab turayotgan turli oqimlarga bilmasdan qo‘shilib ketish holatlari, hamda Vatanimiz ravnaqiga putur yetkazmoqchi bo‘lib turgan diniy ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlari, ularni oldini olish, dinlar o‘rtasida o‘zaro ishonch, turli dinlarga e’tiqod qiluvchi insonlar o‘rtasida o‘zaro hurmat, teng huquqlik, tinchlik va totuvlikni targ‘ib qilish maqsadida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiorlari ostida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.