Mirzaobod tumanida Ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sog‘lomlashtirish, maʼnaviy-ishlar samaradorligini oshirish maqsadida doimiy ravishda targ‘ibot-tashviqot tadbirlari olib borilmoqda. Jumladan, joriy yilning 21-noyabr kuni Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman bo‘linmasi, tuman Diniy ishlar bo‘yicha bosh mutaxassisi hamda “Madaniyat” jomye masjidi imom xatibi bilan hamkorligida tuman kasb-hunar maktabida «Jaholatga qarshi maʼrifat» mavzusi ostida davra suhbati tashkil qilindi.
Tadbirda so‘z olganlar jamiyatda sog‘lom va barqaror ijtimoiy-maʼnaviy muhit barpo etish, bugungi axborot hurujlari va ularga qarshi imunitet shakllantirish hamda globallashuv davriga xos muammo va ko‘zga ko‘rinmas mafkuraviy tahdidlar, ularning ayanchli oqibatlari xususida so‘z yuritildi. Yoshlar milliy o‘zligini, shu bilan birga, dunyoni chuqurroq anglaydigan, yoshlardagi maʼnaviy bo‘shliqni to‘ldirish uchun ularni turli tajovuzlardan himoya qilish uchun avvalo ularning qalbida Vatanimizga bo‘lgan muhabbatni yana-da kuchaytirish, buyuk tariximizni, milliy urf-odatlarimizni qalblariga singdirish zarurligi taʼkidlandi.