Sport chegara va ijtimoiy farqlarni hisobga olmagani uchun, uni rivojlanish va tinchlikni targʻib qilishning samarali vositalaridan deb bilishadi. U turli geografik, madaniy va siyosiy sharoitlarda ijtimoiy integratsiya va iqtisodiy rivojlanishni taʼminlaydi.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sog’lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-noyabrdagi “Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi tasarrufidagi professional ta’lim muassasalarida sport turnirlari bo’lib o’tmoqda.
Joriy yilning 15-noyabr kuni voleybol sport turi bo’yicha mazkur turnirga start berildi.