Joriy yilning 13-oktabr kuni Sirdaryo tuman kasb-hunar maktabida Sirdaryo viloyat kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi tasarrufidagi barcha professional ta’lim muassasalarning ishlab chiqarish bo’yicha direktor o’rinbosarlari uchun “O‘rinbosar ish faoliyatini tashkil etish’ mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Mazkur seminardan ko‘zlangan maqsad Professional ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini tashkil etishda Ishlab chiqarish ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari e’tibor qaratishi lozim bo‘lgan ishlar, lavozim vazifalaridan kelib chiqib, yillik, oylik va haftalik ish rejalarni ishlab chiqish bo‘yicha tavsiyalar berish. Seminarni hududiy boshqarma boshlig‘i A.X.Xajimuratov ochib berdi.
Sirdaryo tuman kasb-hunar maktabining ishlab chiqarish ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari M.Tojiyev Professional ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini tashkil etishda Ishlab chiqarish ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari e’tibor qaratishi lozim bo‘lgan ishlar, lavozim vazifalaridan kelib chiqib, yillik, oylik va haftalik ish rejalarni ishlab chiqish bo‘yicha tavsiyalar berib o‘tdi.
Sirdaryo Mega Lux korxonasida bo’lib o‘tgan navbatdagi taqdimotda quyidagi masalalar muhokoma qilindi.
- Korxona tomonidan talab etiladigan kasblar bo‘yicha malaka , talabini organish asosida kadrlar tayorlashni yo‘lga qo‘yishda bajarilgan ishlar
- I-kurs “Tikuvchi” kasbi bo‘yicha ta’lim olayotgan o‘quvchilarni dual ta’limni joriy etish bo‘yicha qilingan ishlar.
- Ish beruvchi korxonasida ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etilishi (amaliyot xonalari)
- Ish beruvchi korxona malaka talablari asosida ishlab chiqilgan ishchi dasturlar (o‘quv me’yoriy xujjatlat)