Professional ta’lim muassasalarida yangicha va zamonaviy yondashuv asosida ta’lim berishni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro tajriba almashish maqsadida 2022 yil 7-oktabr kuni Boyovut tuman 2-son kasb-hunar maktabida «Professional ta’lim muassasalarida o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari ish faoliyatini tashkil etish» mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi. Seminarda Professional ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoni tashkil etishda o‘quv ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari e’tibor qaratishi lozim bo‘lgan vazifalaridan kelib chiqib, yillik, oylik va haftalik ish rejalarni ishlab chiqish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Seminar davomida o‘quvchilarning ta’lim olish, ijodiy fikrlash malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish va qiziqishlarini oshirishga qaratilgan, audio, vidio, animatsiyalarga boy mul’timediali materiallar, axborot-kommunikatsiya vositalari yordamida tashkil etilgan ochiq darslar va to‘garaklar faoliyati bilan ham tanishdilar.