Asalarichilik – qishloq xoʻjaligining tarmoqlaridan biri, asalarilarni asal, mum va boshqa mahsulotlar (asalari suti, asalari yelimi, asalari zahari va boshqalar) olish, shuningdek qishloq xoʻjaligi ekinlari hosildorligini oshirish maqsadlarida boqiladi.
Mazkur soha bo‘yicha 2022-yil 29-sentabr kuni Sayhunobod tumani 2-son kasb-hunar maktabida professional ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish maqsadida bo‘lajak mutaxassislari ishtirokida «Kasbim kelajagimning-ishonchli poydevori» shiori ostida o‘quv amaliy seminar o‘tkazildi.