O‘zbekiston Respublikasi Prezident xavfsizlik kengashining ko‘rsatmasiga asosan Sirdaryo viloyatidagi professional ta’lim muassaaslarida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda. Joriy yilning 29-sentabr kuni Sayhunobod tumani 2-son kasb-hunar maktabi va Boyovut tumani 1-son kasb-hunar maktablarida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida «Hayvonlarga shavqatsizlarcha munosabatda bo‘lishni oldini olishga qaratilgan» mavzusida targ‘ibot tadbirlari tashkil etilib, tadbir davomida guruh o‘quvchilariga kun tartibidagi masala yuzasidan tushunchalar hamda videoroliklar namoyish qilib berildi. O‘quvchi-yoshlarni ushbu salbiy illatlarga qarshi kurashish hozirgi kundagi asosiy vazifamiz ekanligi hamda doimiy kurashish zarurligi tushuntirilib o‘tildi.
Oqoltin sanoat texnikumi rahbariyati va mas’ullari tomonidan ham texnikum joylashgan mahalla xonadonlariga tashrif buyurishib, fuqarolarga tushuntirishlar berildi.