Yoshlarning har tomonlama bilimli, yetuk shaxs bo‘lib yetishishi mamlakatning bugungi kuni va ertasi rivojining zamini bo‘lib xizmat qiladi. Respublikamizda yoshlar ishlari masalasiga alohida eʼtibor berilmoqda. Yoshlarning taʼlim olishi, o‘z isteʼdodlarini ro‘yobga chiqarish uchun barcha sharoitlar yaratib berilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 20 yanvar kunidagi “Zakovat intellektual o‘yinini aholi orasida ommaviy maʼrifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini taʼminlash va o‘quvchilar orasida bilim olish, kitobxonlik, zakovatni keng targ‘ib qilish maqsadida Joriy yilning 20 sentabr kuni Xovos tuman 2-son kasb-hunar maktabida «Zakovat-intelektual o’yini» bo’lib o’tdi.