Sirdaryo viloyati Professional ta’lim muassasalarida Avgust kengash seminarlari bo’lib o’tmoqda

2022/2023-o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish, professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining kasbiy salohiyatini oshirish, yangi ishlab chiqilgan o‘quv-me’yoriy hujjatlari bilan tanishtirish, o‘quv-metodik ta’minotni kuchaytirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda ilg‘or zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish maqsadida “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida sho‘balar kesimida Avgust seminarlari tashkil etilmoqda.

          Jumladan, Joriy yil 16-avgust kuni 1-Sho’ba Mirzaobod tuman kasb-hunar maktabida «Ijtimoiy-gumanitar fanlar» dan, 17-avgust kuni 2-Sho’ba Xovos tuman 1-son kasb-hunar maktabida «Aniq va tabiy fanlar»dan Avgust seminarlari bo’lib o’tdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan