#avgustseminar
Joriy yilning 26-avgust kuni Yangiyer tibbiyot kollejida “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish, professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining kasbiy salohiyatini oshirish, yangi ishlab chiqilgan o‘quv-me’yoriy hujjatlari bilan tanishtirish, o‘quv-metodik ta’minotni kuchaytirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda ilg‘or zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish maqsadida an’anaviy avgust kengashi seminari bo’lib o’tdi.
Mazkur seminarda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar instituti bosh mutaxassisi M.Muzaffarov, viloyati kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi boshligʼi A.Xajimuratov, boshqarma ma’sul hodimlari hamda professional ta’lim muassasalari direktor, direktor o‘rinbosarlari ishtirok etishdi.
Seminarda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar instituti bosh mutaxassisi M.Muzaffarov – Professional ta’lim tizimini 2022-2023-o‘quv yilida o‘quv metodik ta’minlash choralari;
Shirin energetika kolleji direktori A.Xusanov -Amaliy ta’lim jarayonini tashkil etishda ishlab chiqarish korxonalarining yangi texnologiyalarini tahlil qilish;
Yangiyer pedagogika kolleji direktori D.Umerova -Dual ta’limni joriy etishda ta’lim muassasalari faoliyatini samarali tashkil etish;
Guliston agrotexnologiyalar texnikumi direktori B.Qudratov – Boshqaruvda qarorlar qabul qilish va inson resurslarini boshqarish;
Yangiyer tibbiyot kolleji direktori J.To‘rayev -O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 16 iyundagi «Aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi PQ-283-son qarori ijrosi to‘g‘risidagi taqdimotlari bilan ishtirok etishdi..