Mehnat bozorining malakali kadrlarga boʼlgan ehtiyojini qondirish, kasbiy taʼlimni ishlab chiqarish amaliyoti bilan integratsiyalash, kasbiy bilim va koʼnikmalarni baholashning xalqaro tizimini joriy etish maqsadlarida.
Joriy yilning 29 iyul kuni Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumida Sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish hududiy boshqarmasi tasarrufidagi professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan 60 nafar maxsus fan o‘qituvchilari hamda ishlab chiqarish ta’lim ustalariga “Ishchi kasblarni rivojlantirish va ommalashtirish assotsiatsiyasi (Worldskills Uzbekistan)”ning, WorldSkills standartlari bo’yicha yoshlarni o’qitish va ularning kasbiy mahoratini baholash uchun milliy ekspertlarni tayyorlash dasturi asosida tashkil etilgan qisqa o‘quv kurslarini tugatganligi to’g’risidagi sertifikatlar topshirildi.