Sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xududiy boshqarmasi tashabbusi bilan Halq ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda “Kasb-hunar egallash-yoshlar kelajagining kafolatidir!” shiori ostida viloyat miqyosida professional ta’lim va umumta’lim muassasalarida kasbga yo‘naltirish tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Sirdaryo viloyatidagi umumta’lim maktablarining 9 va 11-sinf o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish, ularning kelgusida kasb o‘rganishi uchun yetarli sharoit yaratish, bu borada professional ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida xududiy boshqarmalar tomonidan qo‘shma buyruq imzolanib kasbga yo‘naltirish ishlari tizimli tashkil etilmoqda.
2021/2022 o‘quv yilida umumta’lim maktablarining 9-11 sinflarini 23 minga yaqin o‘quvchilar bitirishi kutilmoqda. Xozirgi kunda ularni oliy va professional ta’lim muassasalariga yo‘naltirish muhim vazifa hisoblanadi. Shu sababli bitiruvchilarni kasbga bo‘lgan qiziqishlarini yanada orttirish hamda kelajakda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish maqsadida ularning ota-onalari va keng jamoatchilik ishtirokida uchrashuvlar, bitiruvchilar bilan birgalikda tajribali psixologlar tomonidan so‘rovnomalar o‘tkazilib kelinmoqda.
Eng quvonarlisi professional ta’lim muassasalari tomonidan bitiruvchilar uchun “Ochiq eshiklar kunlari” va umumta’lim maktablariga borgan holda “Ko‘chma ochiq eshiklar kunlarining” tashkil etilishi, o‘tkazilayotgan tadbirlarda keng jamoatchilikning ishtirokini ta’minlanishi hamda professional ta’lim muassasalarining o‘quvchilari tomonidan jonli holatda tashkil etilayotgan “Kasb mahorati” ko‘rgazmalari bitiruvchilarning kasb olishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada orttirishga zamin yaratmoqda.