SIRDARYO ARXITEKTURA VA QURILISH TEXNIKUMI RAHBAR, O’QITUVCHI VA O’QUVCHILAR BILAN BIRGALIKDA GULISTON SHAHRIDA JOYLASHGAN MAKTAB BITIRUVCHILARIGA «KO’CHMA MAHORAT» TADBIRI O’TKAZILDI.

Joriy yilning 7 may kuni Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumi rahbar, o’qituvchi va o’quvchilar bilan birgalikda Guliston shahrida joylashgan maktab bitiruvchilar texnikumga jalb qilish bo’yicha «Ko’chma mahorat» tadbiri o’tkazildi. Tadbir davomida maktab bitiruvchilariga professional ta’lim haqida tushunchalar berildi hamda amaliy ko’rgazmalar orqali qator tajribalar bajarildi. Xavfsizlik texnikasi talablari bilan tanishtirildi. 

Tadbir Guliston shahrida joylashgan 2-maktab, 3-maktab, 4-maktab, 9-maktab, 13-maktab, 14-maktab, 16-maktablarda bo’lib o’tdi; 350 nafardan ortiq o’quvchilar qatnashdi.

Tadbir qiziqarli savol javob tarzida o’tdi, va o’quvchilar bilan birgalikda amaliy mashg’ulotlar o’tkazildi.

Tadbir yakunida o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan