Joriy yilning 12-13- may kunlari Toshkent Westminster halqaro universitetida » Enhancing the effectiveness and quality of teaching and research» ( Ta’lim va ilmiy tadqiqotlar samaradorligi va sifatini oshirish) mavzusida dunyoning turli mamlakatlaridan tadqiqotchi va professorlar ishtirokida 3-halqaro ta’lim va lingvistika konferensiyasi bo’lib o’tdi. Mazkur konferensiyada Shirin energetika kollejining ingliz tili fani o’qutuvchisi Atabekova Zulfiya «The effectiveness of teaching by relaxing in ESP» (Maxsus maqsadlarda ingliz tilini o’qitishda ko’ngilochar yo’llardan foydalanishning samaradorligi) mavzusidagi taqdimoti bilan muvaffaqiyatli ishtirok etib, halqaro darajadagi sertifikat bilan taqdirlandi.