Hayo va iffat, vafo va sadoqat, mehr va muxabbat timsoli bo‘lgan, shu fusunkor bahordek hayotimizga go‘zallik, umrimizga mazmun bahsh etib turgan munis onaxonlar, mo‘‘tabar opa-singillarni bu qutlug‘ ayyom bilan qancha qutlasak shunchalar kam.
Sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasida 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan Professional ta’lim tizimida sadoqat bilan xizmat qilib kelayotgan ayollarga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda boshqarma xodimlari, ta’lim muassasa rahbarlari, rahbar o‘rinbosarlari shuningdek fidoyi o‘qituvchilar ishtirok etishdi.