Sardoba tumani kasb-hunar maktabida “O‘ZBEGIM QIZLARI” shiori ostida «To‘maris avlodlari» ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.

Joriy yilning 2 mart kuni Sardoba tumani kasb-hunar maktabida Sirdaryo viloyatida professional ta’lim muassasalaridagi yosh o‘quvchi-talaba qizlarni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, milliy g‘oyaga sadoqat, yuksak insoniy fazilatlar, insonparvarlik, vatanparvarlik va xalqparvarlik ruhida, jamiyatda e’tirof etilgan axloq tamoyillari va me’yorlariga mos tarbiyalash, ularning ongi va qalbini ma’naviy, g‘oyaviy va axborot tahdidlaridan ishonchli himoya qilish, diniy aqidaparastlik va missionerlik harakatlari ta’siriga tushib qolishdan saqlash, jinoyatchilik, huquqbuzarlik, kashandalik, ichkilikbozlik kabi salbiy illatlarga qarshi kurasha oladigan qilib tarbiyalash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ularning hayotga faol munosabatini shakllantirish maqsadida qizlar  o‘rtasida “O‘ZBEGIM QIZLARI” shiori ostida «To‘maris avlodlari» ko‘rik tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda qatnashuvchilar 5 ta shart bo‘yicha bellashdilar. Ko‘rik tanlov ishtirokchi va g‘oliblarga esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlar tarqatildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan