Sirdaryo Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi talabalari darslardan bo‘sh vaqtlarida shifokor va patronaj hamshira bilan birgalikda xonadonlarga borib sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, axoli orasida salomatlik va fiziologik xolatdan kelib chiqib, tegishli guruxlarga (tayanch, past xavf guruxi, o‘rta xavf, yuqori xavf guruxi va boshqalar ) kasalliklar bo‘lishini aniqlashda yordam ko‘rsatish, aholi guruh mansubligiga ko‘ra belgilangan muddatlarda tibbiy ko‘riklardan o‘tkazishda va salomatligini davriy kuzatuvga olish, yuqori xavf guruxiga kiruvchi va mustaqil ravishda tibbiyot muassasiga kela olmaydigan bemorlarni doimiy kuzatuvga olish hamda uyga borgan xolda ularga tibbiy xizmat ko‘rsatish ishlarida individual yordam berish vazifalarini bajaradilar. Bugungi kunda Sirdaryo Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi talabalari Oilaviy poliklinika va Oilaviy shifokor punktlarida amaliyotlarini o‘tamoqdalar. Bunday vazifani bajarishdan maqsad axolining tibbiy madaniyatini oshirish, kasalliklarni oldini olish va texnikum talabalari amaliyot jarayonida axoli bilan muloqat qilishni o‘rganadilar va bilimlarini mustaxkamlab boradilar.