Sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi O‘quv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati bilan birgalikda 2022 yil 23 fevral kuni Boyovut tuman 2-son kasb-hunar maktabida “Professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilarga kasb-hunar o‘rgatish jarayonida moddiy-texnik bazadan samarali foydalanish” mavzusida o‘quv amaliy seminar tashkil etildi. O‘quv amaliy seminarda professional ta’lim muassasalari direktorlari hamda ularning o‘quv ishlari va ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirok etishdi.
O‘quv amaliy seminarda ta’lim muassasalarida ishlab chiqarish ta’limi ustalarini O‘quv amaliyotlarini tashkil etish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar (namunaviy ishchi o‘quv reja, namunaviy va ishchi o‘quv dasturlar) bilan ishlash jarayoni, O‘quv amaliyotlarini tashkil etishda amalga oshiriladigan ishlar, 2022 moliya yilida davlat byudjeti va boshqa manbalardan ajratilgan mablag‘lar hisobiga elektron auksion birjalar orqali sifatli xom ashyolarning xarid qilinish bo‘yicha tushunchalar berildi.
O‘quv amaliy seminarda ko‘zlangan asosiy maqsad ta’lim muassasalari ta’lim olayotgan o‘quvchi yoshlarga sifatli o‘quv amaliyotlari tashkil etish va jamiyatga etuk mutaxassislar tayyorlash.
Bundan tashqari o‘quv amaliy seminarda Boyovut tuman 2-son kasb-hunar maktabida tashkil etilgan kasb to‘garaklari va o‘quvchi yoshlar tomonidan yaratilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.