Sirdaryo viloyati Professional ta’lim muassasalari o’rtasida sportning voleybol turidan musoboqa o’tkazilmoqda

Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish maqsadida Sirdaryo viloyati professional ta’lim muassasalari o’rtasi 2022 yil 12-15 mart kunlari Yangiyer pedagogika kollejining sport majmuasida sportning voleybol turidan musoboqa o’tkazilmoqda. Ushbu musobaqada professional ta’lim muassasalarining hodimlari ishtirok etishmoqda. Musobaqa aylanma usulida o’tkazilib, 11 ta kasb-hunar maktabi, 5 ta kollej va akademik litsey hamda 8 ta texnikum ishtirok etishmoqda. Umumiy natijaga ko’ra 16 mart kuni Viloyat final bosqichi bo’lib o’tadi unda kasb-hunar maktablari o’rtasida o’tkazilgan musoboqa g’olibi, kollej va akademik litseylari o’rtasida o’tkazilgan musoboqa g’olibi va texnikumlar o’rtasida o’tkazilgan musoboqa g’oliblari qatnashishadi, g’oliblar munosib taqdirlanadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan