Mirzaobod texnologiya texnikumida noananaviy ochiq dars mashg’uloti bo’lib o’tdi.

Joriy yilning  11 noyabr kuni Mirzaobod texnologiya texnikumida ishlab chiqarish ta’limi ustasi tomonidan texnikumning «Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash va sevis texnik texnologi» yo’nalishi  2-guruh talabalari bilan  «Mashina va jixozlarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash» o’quv amaliyotidan «Dvigatellarga texnik xizmat ko’rsatish» mavzusida ochiq dars o’tkazildi. Tashkil etilgan ochiq dars, ananaviy darslardan farqli «Zoom» platformasidan foydalangan holda online tarzda o’tkazildi. Ochiq dars texnikum direktori, maxsus fan o’qituvchilari va ZOOM platformasi orqali Sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi mas’ul hodimlari, boshqarma tasarrufidagi professional ta’lim muassasalari direktorlari hamda Toshkent kimyo texnologiya instituti prorektori va kafedra  o’qituvchilari kuzatuvi ishtirokida bo’lib o’tdi. Dars davomida talabalar o’zlarining nazariy va amaliy olgan bilim va ko’nikmalari asosida berilgan vazifalarni  professional darajada amalda qo’llab berishdi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan