Mehnat bozori talablariga mos yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ta’lim sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish, innovatsion ilm-fan yutuqlarini amaliyotga tatbiq etishning samarali mexanizmlarini yaratish orqali mamlakatda ta’lim tizimini isloh qilish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirish, Professional ta’lim tizimini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish, boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim bosqichlarini joriy qilish orqali mehnat bozori uchun malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash hamda mazkur jarayonga ish beruvchilarni keng jalb qilish hamda «World skills Uzbekistan» Kasblar chempionati tanloviga tayyorgarlik ko’rish maqsadida Sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi tassarufidagi Sardoba tuman kasb-hunar maktabida «Tikuvchilik» (Modalar texnologiyasi) yo’nalishi bo’yicha kasb musoboqasi o’tkazildi. «Kasbim kelajagimning ishonchli poydevori»shiori ostida bo’lib o’tgan musoboqada 1-2 kurs tikuvchi kasbi bo’yicha tahsil olayotgan o’quvchilar o’rtasida bo’lib o’tdi. Unda O’quvchilar o’zlari yaratgan modellar va liboslari bilan qatnashishdi.