Bugun erta tongdan barcha professional ta’lim muassasalari “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish maqsadida daraxt ekish aksiyasini boshladi.
Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida 2 noyabr kuni aholini uy-joy bilan ta’minlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash borasida xududiy boshqarma xodimlari va barcha professional ta’lim muassasalari raxbarlari xamda ishchb xodimlari daraxt ko‘chatlari ekishda o‘z hissalarini qo‘shdi.
Muassasalarda “Dolzarb 40 kunlik»da 10 mingdan ortiq turli mevali hamda manzarali daraxt ko‘chatlar ekiladi.
Viloyatimizda joriy yilning noyabr oyida hamda kelgusi yil bahor mavsumida tut, mevali va manzarali daraxtlar, shuningdek tez o‘suvchi va boshqa ko‘chatlar ekilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, yil yakuniga qadar barcha muassasalarda mevali, manzarali va daraxtlar turli gul ko‘chatlari ekish vazifasi qo‘yilgan.
Ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlash maqsadida viloyatimizdagi barcha professional ta’lim muassasalarida ko‘chat ekish aksiyalari davom etkazilmoqda. Muassasalarda daraxtlar ekish hamda ularni parvarishlash doimiy jarayondir. Bu aksiya doirasida ko‘chat ekish bilan bir qatorda yoshlarga mehnat tarbiyasi va ko‘chat ekish sir-asrorlari ham o‘rgatilmoqda.
Siz ham yashil chellenjga va xayrli ishga o‘z hissangizni qo‘shing!