Energetika sohasini rivojlantirish, soha rivoji uchun malakali kadrlar tayyorlash borasida ta’lim sohasining o‘rni ahamiyatlidir.
Bunga yaqqol misol sifatida, Shirin shahridagi energetika kolleji tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi ishlarni aytish mumkin.
Bugun, kollej talaba yoshlari uchun ta’lim berish va ishlab chiqarish jarayonlarida energetika xavfsizligi talab va qoidalariga amal qilish, uskuna, jihoz hamda qurilmalardan foydalanishda ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, energoresurslarni tejash kabilar haqida ko‘rgazmali seminar-trenning o‘tkazildi.