Shirin energetika kollejida uchrashuv bo’lib o’tdi

Joriy yilning 29-avgust kuni Shirin energetika kollejida Saudiya Arabistonining «ACWA POWER» kompaniyasining «NOMAC» dasturi asosida tahsil olgan ilk yosh bitiruvchilar bilan yirik ish beruvchi korxona «ACWA POWER» kompaniyasi ijtimoiy loyihalar menenjeri G’iyos Qurbonov, «NOMAC» kompaniyasi boshqaruv rahbari Ahmed Fahadlar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Shuningdek, uchrashuvga O’zbekiston Respublikasi Oliy taʻlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Professional ta’limni rivojlantirish departamenti boshlig‘i O‘tkir Alijonov tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida ta’lim muassasada “Shill contest” kasblar musobaqasi bo’lib o’tdi, yakunda ishtirokchilar «ACWA POWER» kompaniyasining maxsus sertifikatlar va sovg’alar bilan taqdirlandilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan