Professional ta’lim muassasalarining 2024/2025 o‘quv yiliga tayyorgarligini ta’minlash, rahbar va pedagog kadrlarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish, o‘quv-metodik ta’minotni kuchaytirish, ta’lim sifatini oshirish, ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, moduli ta’lim dasturlarini joriy etish, mehnat bozori va ta’lim integratsiyasini ta’minlash, o‘quv-me’yoriy hujjatlarni yuritish hamda o‘qitishning zamonaviy texnologiyalarini keng joriy etish maqsadida Sirdaryo viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi tasarrufidagi professional ta’lim muassasalari pedagog-hodimlari va raxbarlari uchun Avgust kengashlari shu’ba va yalpi yig‘ ilishlari “Biz bir bo‘lsak—yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” shiori ostida 2024-yiI 26 – 29-avgust kunlari o‘tkazildi. Avgust kengashining 18 ta sho’’ba va yalpi yig’ilishlari taskil qilinib,ushbu sho’ba yig’ilishlarini tashkil etish uchun viloyat hududiy boshqarmasidan 8 nafar ma’sul xodimlar biriktirildi.
2024/2025 o’quv yiliga tayyorgarlik bo’yicha viloyatdagi 16 ta professional ta’lim muassasalarida 18 ta kasb va mutaxassisliklar bo’yicha sho’ba kengashlari o’tkazildi.
Ushbu sho’ba kengashlarida ishtirok etgan 683 nafar rahbar va pedagog kadrlarga viloyat professional ta’lim muassasalardan mahoratli, tajribali 54 nafar trener o’qituvchilar hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Professional ta’limni rivojlantirish instituti Innovatsion taʼlim texnologiyalari kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari falsafa doktori, SIROJIDDINOVA Nodira Rivojiddinovna, Guliston davlat universiteti Iqtisodiyot kafedrasi dotsenti, Iqtisodiyot fanlari nomzodi BURXONOV Alisher Xadjimuratovich, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruv akademiyasi, Boshqaruv mahorati kafedrasi dotsenti QODIROVA Lutfiya Botirovna, Guliston davlat pedagogika instituti Pedagogika -psixologiya kafedrasi mudiri NURUMBEKOVA Yorqinoy Anormatovna lar Moderatorlik qildi.
Avgust kengashlarida vazirlik va idoralarning hududiy vakillari, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, yirik ish beruvchi korxonalar, tashkilotlar hamda muassasalar vakillari ishtirok etishdi.
Dual ta’lim joriy etilgan professional ta’lim muassasalari va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda dual ta’lim prinsiplarini joriy etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni ommalashtirish hamda tajriba almashish maqsadida ish beruvchi tashkilotlar bazasida amaliy o’quv kengashlarini tashkil etish choralarini ko‘rish belgilab olindi.
Shu’ba yig‘ilishlarida o‘tgan yilgi belgilangan vazifalar va ularning ijrosi, kelgusidagi rejalashtiriladigan vazifalar haqidagi tahliliy monitoring jadvallari tayyorlandi. Shuningdek, ta’lim muassasasi direktori, direktor o‘rinbosarlari, uslubchilar, metodik birlashmalar, o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’lim ustalari uchun yillik ish rejalami tuzish bo‘yicha takliflar berilib, o‘tgan o‘quv yilida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklami yangi o‘quv yilida takrorlamaslik choralarini kelishib olindi, o‘zaro tajriba almashish, yangi qabul qilingan rahbar xodimlar uchun master-klasslar o‘tkazildi.
Shuningdek tadbir davomida Professional ta’lim tizimidagi o‘quv-me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda faol ishtiroki uchun viloyatimizning 20 nafar pedagog xodimlari O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Professional ta’limni rivojlantirish institutining tashakkurnomasi bilan taqdirlanadi.