Jahon bankining “MUNIS” loyihasi doirasida hududiy innovatsion ekotizim ishtirokchilari bilan strategik sessiyalarni o‘tkazish maqsadida maxsus shakllantirilgan ekspertlar guruhi Guliston shahriga tashrif buyurdi.
Sirdaryo yoshlar texnoparkida ekspertlar guruhi tomonidan startap loyihalarni amalga oshirish va ularni rivojlantirish imkoniyatlari, shuningdek yosh olimlar, startaplar va boshqa tadbirkorlar uchun venchur kapitalni jalb qilish bo‘yicha treninglar tashkil etildi.