2024-yil 25-iyunda Sayhunobod tuman kasb-hunar maktabida 2023/2024 oʻquv yili bitiruvchilariga diplomlarni topshirishga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi.
Xalqaro tasniflagichning 3-darajasiga mos keluvchi taʼlim dasturlari asosida boshlangʻich professional taʼlim bo’yicha tahsil olgan 190 nafar yigit-qiz kasb-hunar maktabi diplomini qoʻlga kiritdi.
Tadbirda tuman hokimlik vakillari ta’lim muassasa direktori Sh.Jo’rayev soʻzga chiqib, bitiruvchilarni hayotidagi muhim bosqichni yakunlagani bilan tabrikladi hamda ularning kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.