O‘zbekiston Respublikasi Professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 715-sonli qarorining ijrosini bajarish maqsadida Boyovut tuman Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 5-ta umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari o‘quvchilari uchun ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.
Umum ta’lim muassasalari o‘quvchilariga 2024-2025 o‘quv yil uchun Avtomobil dvigatellarini tashxislash va ta’mirlash, Elektr jihozlariga xizmat ko’rsatish va ta’mirlash, Payvandlovchi (elektrgazpayvandlash ishlari), Traktorchi-mashinist,
Melioratsiya texnikasi operatori, Apparat dasturiy ta’minot sozlovchisi, Qurilish ishlari ishchisi kasb-mutaxassisliklari bo‘yicha tushunchalar berildi.