Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari Turdikulova Shaxloxon Utkurovna tashrif buyurdi.

Professional ta’lim tizimini xalqaro tajribalar asosida takomillashtirish, boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim bosqichlarini joriy qilish orqali mehnat bozori uchun malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, hamda mazkur jarayonga ish beruvchilarni keng jalb qilish bo‘yicha Sirdaryo tumani hamda Xovos tuman kasb-hunar maktablarida olib borilayotgan ishlarni o‘rganish maqsadida joriy yilning 15-mart sanasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari Turdikulova Shaxloxon Utkurovna tashrif buyurdi.

Tashrifda davomida kasb-hunar maktablarida olib boriyotgan o‘quv jarayoni, moddiy texnik bazasi, tumandagi ish beruvchi korxonalar bilan olib borilayotgan hamkorlik ishlari bilan tanishib chiqdi.

Shu bilan birga hozirgi kunda professional ta’lim tizimidagi mavjud muammolar va takliflar bo‘yicha pedagog xodimlar va ishlab chiqarish ta’lim ustalari bilan suhbat o‘tkazdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan