Joriy yilning 5-yanvar kuni viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig’i A.Xajimuratov va Sirdaryo tumanining Innovatsion rivojlanish masalalari bo’yicha tuman hokimi o’rinbosari Sh.Yariyev bilan birgalikda Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan moliyalashtirilgan loyihalar bo’yicha o’rganish olib borildi.
Sirdaryo innovatsion tumanida 2022-2023 yillar davomida moliyalashtirilgan tijoratlashtirish loyihalarini joriy holati bo’yicha monitoring qilindi. Mazkur loyiha rahbarlariga o’zlari faoliyat olib borayotgan sohani rivojlantirish va kengaytirish bo’yicha taklif va tavsiyalar berildi.