Kasb-hunar maktabi o‘quvchi-qizlari o‘rtasida sportning basketbol turi bo’yicha musobaqaning viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Joriy yilning 26-may kuni Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish hamda «Sirdaryo viloyatining 60-yilligi» munosabati bilan Sirdaryo viloyati yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyat kasb-hunar maktabi o‘quvchilarining qiz bolalar o‘rtasida sportning basketbol turi bo’yicha musobaqaning viloyat bosqichi o‘tkazildi.

🔰O‘tkazilgan musobaqada 11 ta jamoa tarkibida 88 nafar o‘quvchilar ishtirok etib, unda
🥇Sayhunobod tuman 1-son kasb-hunar maktabi jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
🥈2-o’rinni Sardoba tuman kasb-hunar maktabi
🥉3-o’rinni Xovos tuman 1-son kasb-hunar maktablari qo’lga kiritishdi.

🔰G’olib jamoalarga tashkilotchilar tomonidan kubok, diplomlar hamda medallar topshirildi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan