Mirzaobod tuman kasb-hunar maktabida “Yoshlarning ma’naviy-axloqiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi huquqbuzarlik, giyohvandlik, axloqsizlik kabi muammolarni bartaraf etishning yo‘llari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatini kasb-hunar maktabi direktori Jo’rabek Rahimov kirish so‘z bilan ochib, bugungi global sharoitda axborot oqimining shiddatli tus olishi, bu vaziyatda to‘g‘ri yo‘ldan adashmaslik, ogoh bo‘lish davr talabi ekanligini aytib o‘tdi. Shu bilan birgalikda tuman hokim o’rinbosari R.Anorboyev tomonidan mavzu yuzasidan o’quvchilarga kerakli tafsiya va maslahatlar berar ekan yoshlarning, ayniqsa o‘quvchi-qizlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida kitobxonlikni rivojlantirish eng muhim omil ekanligini alohida ta’kidladi.
Shuningdek, o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.