Shirin energetika kollejiga Saudiya Arabistoni «ACWA POWER» kompaniyasining rahbariyat vakillari tashrif buyurishdi.

Joriy yilning 18-may kuni Shirin energetika kollejiga Saudiya Arabistoni «ACWA POWER» kompaniyasining talablari asosida o‘qitilayotgan kasblarning ta’lim jarayonini o’rganish maqsadida mazkur kompaniyaning rahbariyat vakillari tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida «ACWA POWER» kompaniyasining Bosh ijrochisi direktori – Marco Arcelli boshchiligida  Media rahbar Reem Alzwaidi, Yaqin Sharq Mintaqaviy direktori – Abid Hussain Malik, «ACWA POWER SIRDARYA» Bosh ijrochi direktori – Mubashshar Ahmed Majeed, Marketing Manager- Yahyo, Bosh ijrochi direktor – Alimardon Abdukarimov, Kelishuvlar bo’yicha direktor – Arun Goveas, kollej ma’muriyati hamda iqtidorli o’quvchilar ishtrokida seminar tashkil etildi.

Seminarda Bosh ijrochi direktori – Mubashshar Ahmed Majeed ta’lim muassasaning ta’lim jarayoni, o’quvchi va o’qituvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy texnik bazalar hamda o’quvchilar tomonidan yaratilgan innovatsion g’oyalar bilan tanishtirib o‘tdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan