Tashrif davomida Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan yaratilgan ilmiy ishlanmalar bilan tanishildi. Qishloq xo‘jaligi sohasi uchun institutda yaratilgan yangi zamonaviy texnika vositalarini Sirdaryo viloyati hududidagi tomorqa yer egalari, dehqon, fermer va klaster xo‘jaliklarida sinash va amaliyotga keng joriy etish bo‘yicha hamkorlik faoliyatini amalga oshirishga kelishib olindi.
- institutda yaratilgan yangi ilmiy, innovatsion va tijoratlashtirish ishlanmalari bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqish va qishloq xo‘jaligi sohasi mutaxassislariga yetkazib berish;
- yangi zamonaviy ishlanmalardan oqilona foydalanish bo‘yicha ko‘rgazmali dala seminarlari va o‘quv treninglari o‘tkazish;
- institutda ishlab chiqilgan yangi ilmiy, innovatsion va tijoratlashtirish ishlanmalarini Sirdaryo viloyati qishloq xo‘jaligi sohasida keng miqyosda sinovlardan o‘tkazish;
- sinovlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora –tadbirlar ishlab chiqish;
- ishlab chiqarish korxonalari bilan birgalikda korxona standartlari va mashinalarning takomillashgan konstruksiyalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
- ishlab chiqilgan takomillashgan mashinalarning Sirdaryo viloyati qishloq xo‘jaligi sohasiga keng joriy etish va ushbu jarayonlarda mualliflik nazoratini amalga oshirish bo’yicha kelishib olindi.