Joriy yilning 29-mart kuni Boyovut tuman 2-son kasb-hunar maktabida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiya vazirligi vakili M.Masaidova raisligida o‘quvchi-yoshlar ishtirokida «Referendum-2023: Kelajaging uchun ovoz ber!» shiori ostida «Referundum va yoshlar» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida M.Masaidova o‘quvchilarga referendum to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi hamda Konstitutsiyamizga ta’lim bo‘yicha kiritilayotgan o‘zgarishlarni to‘liq mazmunda yoritib berdi, tadbir davomida o‘quvchilar “Referendum-2023” bo‘yicha savollariga javoblar oldi.
Tadbir yakunida M.Masaidova ta’lim muassasada o’quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.