Joriy yilning 29-mart kuni Guliston tuman kasb-hunar maktabida 2023-2024 o‘quv yiliga umumta’lim maktablarni 9-sinf bitiruvchilarini qamrab olish va qabul parametrlarini shakllantirish maqsadida tumanda joylashgan 26-sonli umumta’lim maktabining 9-sinf bitiruvchilariga “Ochiq eshiklar” kuni o’tkazildi.
Ushbu proferantatsiya ishlarini amalga oshirishda umumta’lim maktabi o’quvchilariga professional ta’lim muassasasida o’qitiladigan kasblar haqida hamda yaratilgan shart-sharoitlar va moddiy texnik ta’minoti haqida batafsil tushunchalar berildi.