Mamlakatimizda ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar, belgilanayotgan barcha rejalar va vazifalar yuqori malakali, yuksak ma’naviyatli, rivojlangan mamlakatlar darajasida raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashda qaratilgan.
Mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimining joriy etilishi va unda kasb-hunar ta’limining alohida bo’g’in sifatida e’tirof etilishi, ishlab chiqarish korxonalari uchun zarur bo’lgan ishchi kadrlar-kichik mutaxassislarni tayyorlashga keng imkoniyatlar yaratdi.
Kasb-hunar maktabida tikuvchilik sir-asrorlarini yaxshi o’zlashtirgan, buyumlarini tayyorlash texnologiyasi bo’yicha yetarli amaliy malaka va ko’nikmalarga ega bo’lgan ishchigina, sifatli mahsulot ishlab chiqarishga o’z hissasini qo’sha oladi.
Joriy yilning 21-fevral kuni Sirdaryo tuman kasb-hunar maktabida tikuvchilik yo‘nalishi o‘quvchilari uchun yuqoridagi natijalarga erishish maqsadida “Ochiq o‘quv amaliyot mashg‘uloti” bo‘lib o‘tdi.
Ochiq o‘quv amaliyot mashg‘uloti ZOOM platformasi orqali barcha professional ta’lim muassasa mas’ul pedagoglari jonli efirda kuzatib borishdi.