Mamlakatimizda mehnat bozorining samarali mexanizmlarini joriy qilish, aholining ishchanlik faolligini oshirish, ishsiz fuqarolarni zamonaviy kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish, shu asosda ularni doimiy daromad keltiradigan mehnat va tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish orqali bandligini taminlash maqsadida, Sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi tasarrufidagi professional ta’lim muassasalarida kasblarga o‘qitish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslar tashkil etilmoqda.
Boyovut tuman 1-son kasb-hunar maktabi hamda Sirdaryo tuman kasb-hunar maktablarida tashkil etilgan qisqa muddatli o‘quv kurslarda 2 ta kasb bo‘yicha (Tikuvchilik ishi, Elektrogazpayvandlovchi) 68 nafar ishsiz aholi va yoshlar o‘qitilib ularga kvalifikatsiyani egallash bo‘yicha sertifikatlar topshirildi.