Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumi qoshidagi “Qurilish sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi” “MUTLULUK KAYNAG’I” MChJ bilan hamkorlikda markazning 14 nafar ta’lim oluvchilari, Toshkent shaharida joylashgan 28 qavatli “Aloqa bank”ning yangi binosi qurilishida ishlab chiqarish amaliyotlarini o’tashmoqda. Amaliyot jarayonlari barcha texnika xavsizliklariga rioya qilgan holda olib borilmoqda.
Amaliyot o’tovchi amaliyot davrida 2 mln so’m miqdorda maosh olishmoqda hamda qurilishning zamonaviy sir-asrorlarini o’rganmoqdalar.
Mazkur ish beruvchi tashkilot bilan amaliyotchilar kursni tamomlab sertifikatlarini olgandan so’ng ish bilan band qilish bo’yicha kelishib olindi.
Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumi matbuot xizmati