Viloyat professional ta’lim muassasalari ishlab chiqarish ishlari bo’yicha direktor o‘rinbosarlari bilan Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumida yig’ilish o‘tkazildi.

⚡️Joriy yilning 4 iyun kuni Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumida Sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi boshlig‘i rahbaligida professional ta’lim muassasalarining ishlab chiqarish ishlari bo’yicha direktor o‘rinbosarlari bilan yig’ilish o‘tkazildi. Yig’ilishda professional ta’lim muassasa o’quvchilarining ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyot jarayonlari, ularning kasb mahoratlarini oshirish, daromad topishga o’rgatish hamda bandligini ta’minlashga ko’maklashish bilan bog’liq masalalari muhokama qilindi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan